“Space X”dan Tesla`gacha. “O‘zbekistonlik” filmining taqdimoti qanday o‘tdi?

“Space X”dan Tesla`gacha. “O‘zbekistonlik” filmining taqdimoti qanday o‘tdi?

O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida “O‘zbekistonlik” xalqaro forumi va xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonlik” filmining ikkinchi epizodi premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Forumning ochilishida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov o‘z videomurojatini namoyish etildi. Forum doirasida “Aral Dream” xalqaro PR dasturi taqdimoti o‘tkazildi.

Forumning yakunlovchi qismida “O‘zbekistonlik” filmining ikkinchi epizodi premyerasi namoyish etildi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev g‘oya muallifi sifatida forum qatnashchilari qarshisida videomurojat orqali so‘zga chiqdi.

Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan filmda ikki nafar vatandoshimiz bosib o‘tgan murakkab yo‘l va ular erishgan yutuqlar haqida so‘z boradi. Ulardan biri – Dmitriy Bogdanov. Bugun hamyurtimiz dunyoga mashhur milliarder Ilon Maksning “Space X” kompaniyasi uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yetkazib beruvchi ExoLaunch kompaniyasi asoschisidir.

Navoiylik Mushtariy Sharifovaning hikoyasi tomoshabinlarni befarq qoldirmasligi aniq. U Tesla kompaniyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik qiz bo‘ldi.

Filmini Uzbekistan’s Club Youtube-kanalida tomosha qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!