Soliq to‘lovchilarga 133,7 milliard so‘m QQS qaytarildi

Soliq to‘lovchilarga 133,7 milliard so‘m QQS qaytarildi

Buxoro viloyatida 34 ming 949 mingdan ortiq yuridik shaxs faoliyat ko‘rsatmoqda. Reyting doirasida ularning 100 ga yaqini yuqori toifa, 3 364 dan ortig‘i o‘rta toifa, 15 000 ga yaqini esa qoniqarli hamda qolgan yuridik shaxslar quyi toifadagi korxonalar sirasiga kiradi.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 12 ming 606 ta qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi mavjud. Joriy yilning I choragida 225 ta QQS to‘lovchiga 133,7 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘idan salbiy farq summasi ularning hisob raqamiga qaytarib berildi.

Shundan joriy yilning o‘tgan davrida barqarorlik reytingida yuqori toifani egallagan viloyatdagi 2 ta korxonaga QQSdan hosil bo‘lgan 400 million so‘m soliq summasi bir kunda qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!