AQSh “Hizbulloh”ga ogohlantirish berdi: “Arallashmang — oqibati og‘ir bo‘ladi”

AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak “Hizbulloh” harakatiga murojaat qilib, uning yaqindagi harbiy mojarolarga aralashishi juda xavfli va noaniq oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.
«Prezident Donald Tramp nomidan aytaman: bu — juda, juda, juda yomon qaror bo‘ladi», — dedi Barak.
“Hizbulloh” — Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va Livanda joylashgan qurolli guruh. 2023 yildagi Isroil havo hujumlari natijasida guruh katta yo‘qotishlarga uchragan, rahbari Hasan Nasrulloh halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, ularning aloqa qurilmalari yo‘q qilingan.
AQSh qanday chora ko‘radi?
Barak aniq choralar haqida gapirmadi, ammo ta’kidlashicha, “Hizbulloh”ning har qanday harakati katta kuch bilan qarshi olinadi va eskalasiya sifatida baholanadi.
Bu orqali Tramp ma’muriyati, Eronning Fordo yadroviy markazi bo‘yicha qaror qabul qilish arafasida turganini ham bildiradi.
Guardian ma’lumotiga ko‘ra, Tramp 18 iyun kuni Pentagonga 13,6 tonna og‘irlikdagi GBU-57 bombasi bilan Fordo yadro inshootini butunlay yo‘q qilish mumkinmi, deb so‘ragan.
✅ Agar 100% kafolat bo‘lsa — urush boshlanishi mumkin.
❗ Ammo buning iloji yo‘qligi sababli, Tramp hali ham qaror qabul qilmagan.
Gazeta yozishicha, Tramp hozircha tahdid orqali Tehronni muzokaralarga majburlashga harakat qilmoqda.