Tarixdagi eng yirik parollar oqishi aniqlandi: 16 milliarddan ortiq akkaunt xavf ostida
Cybernews kiberxavfsizlik markazi rekord darajadagi — 16 milliardga yaqin login va parollar bazasi internetga chiqqanini aniqladi. Ular qatorida Apple, Google, Telegram, GitHub va davlat portallari kabi yirik xizmatlar ham bor.
🧷 Forbes ma’lumotiga ko‘ra, ma’lumotlar 30 ta alohida ommaviy bazadan tashkil topgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi avval hech qachon ochiq ye’lon qilinmagan. Bu — kibertarmoqlar tarixidagi eng yirik ma’lumotlar oqishi sifatida qayd etildi.
📌 Cybernews tahlilchilari bu ma’lumotlarni "ommaviy buzib kirish quroli" deb atadi. Ular ma’lumotlar allaqachon fishing hujumlarida qo‘llanilmoqda.
🧾 Har bir yozuv o‘z ichiga login page (kirish sahifasi), login va parolni qamrab olgan — bu esa akkauntlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beradi.
❗Mutaxassislar nima deyishmoqda:
🔐 Hoziroq parollaringizni yangilang.
🔐 Ikki bosqichli autentifikasiyani (2FA) yoqing.
🔐 Parol-menejerlardan foydalaning.
«Ma’lumotlaringiz bu bazalarda paydo bo‘lishini kutmang — hozir chora ko‘ring», — dedi KnowBe4 mutaxassisi Javvad Malik.
📊 Masala global miqyosda xavfli tus olgan:
🇷🇺 Rossiyada 2024 yilning o‘zida 710 million yozuv oqib ketgan,
🧾 Sberbank baholashicha, mamlakatdagi 90% kattalarning shaxsiy ma’lumotlari allaqachon compromise (komprometasiya) bo‘lgan.
✅ Agar parollaringiz bir necha xizmatlarda bir xil bo‘lsa — ularni tezda almashtiring. Parolda katta va kichik harflar, raqamlar va belgilarni aralash holda ishlating.
