Soliq qo‘mitasida xatoga yo‘l qo‘ygan rahbarlar jiddiy jazolandi

Soliq qo‘mitasida xatoga yo‘l qo‘ygan  rahbarlar jiddiy jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahrida qayd yetilgan foyda solig‘i bo‘yicha holatlar Soliq qo‘mitasi tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. Bu haqda O‘ZA xabar berdi.

Qo‘mita majburiy tarzda bo‘nak undirilishini o‘zboshimchalik, deb baholagan. Tezkor o‘rganish natijalari tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun Soliq qo‘mitasi mas’ul nazorat departamenti boshlig‘i B.Muqimov va Toshkent shahar bo‘lim boshlig‘i O.Lutfullayev egallagan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i YU.Nasimjanov va boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpo‘latovning maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi.

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i X.Bazarovga nisbatan xayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!