Sog‘liqni saqlash vazirligi hajga boruvchilarni ehtiyotkorlikka chaqirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi hajga boruvchilarni ehtiyotkorlikka chaqirdi

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi hajga borayotgan ziyoratchilarni yuqumli kasalliklar yuqishidan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, 2000 yildagi haj vaqtida menigokokk infeksiyasi tarqagani munosabati bilan Saudiya Arabiston Qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi ziyoratchilarning menigokokk infeksiyasiga qarshi emlangan bo‘lishini talab qilmoqda.

Shuningdek, Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi haj vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqishidan ham ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Vazirlik ziyoratchilarga hajda quyidagi maslahatlarga amal qilishni maslahat berdi:

– qo‘lni tez-tez sovun bilan yuvib turish, dezinfeksiyalovchi salfetkalardan foydalanish;

– yo‘talganda va aksirganda salfetkadan foydalanish;

– bemorlar bilan aloqada bo‘lmaslik va ularning shaxsiy buyumlaridan foydalanmaslik;

– iloji boricha odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda bir martalik niqoblardan foydalanish;

– tuyalar yig‘ilgan joyga yaqinlashmaslik va ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lmaslik;

– qaynatilmagan va pasterizasiya qilinmagan tuya sutini ichmaslik, duch kelgan joydan oziq-ovqat mashulotlarini sotib olmaslik;

– tob qochishi bilan darhol shifokorga murojaat qilish;

– qaytib kelgandan keyin kasallik belgilari (bezgak tutishi, havo haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i va hokazo) namoyon bo‘lgani zahoti tibbiyot muassasasiga murojaat qilish va yaqinda haj ziyoratidan qaytganlik to‘g‘risida ma’lumot berish.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!