Sogdiana Qozog‘istondagi nufuzli musiqiy mukofot bilan taqdirlandi.
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Astana Dausi marosimida Sogdiana O‘zbekistondan qatnashib nufuzli mukofot soxibasiga aylandi.
29-avgust kuni Astana shaxrida Qozog‘istondagi muxim musiqiy marosim bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekistondan Sogdiana "S toboy" qo‘shig‘i uchun mukofotni qo‘lga kiritdi.
Saxna tepasidan yarim oyda tomoshabinlar yoniga tushib kelgan Sogdiana ushbu qo‘shiqni rus va o‘zbekcha turini xam kuyladi.
Shu kuni Sogdiana bilan bir saxnada 12 davlatdan o‘z xitlari bilan xit-paradlarni yuqori pog‘onalarini egallaganlardan LOREEN, NINETY ONE, ALEKSEEV, Ani Lorak, Soso Pavliashvili, Filipp Kirkorov, Grigoriy Leps, Sevak, Intars Busulis, DOREDOS va B.HOWARD lar ishtirok etib mukoftga ega bo‘lishdi.
"Tuganmas xayrat! Mukofot uchun tashakkur!"-deya muxlislari bilan ijtimoiy saxifalaridagi saxifasida o‘z fikrlarini bayon qiladi Sogdiana. Sentyabr oyida yangi albom va yangi qo‘shiqqa klip xam taqdim etishga va’da bermoqda.
Manba: sayyod.com
