Sobyanin yana bir sohada migrantlar sonini qisqartirishga chaqirdi

Sobyanin yana bir sohada migrantlar sonini qisqartirishga chaqirdi

Moskva meri Sergey Sobyanin tuman uy-joy kommunal xizmatlari muassasalarida migrantlar sonini qisqartirishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning yirik shahar kommunal korxonalarida allaqachon migrantlar deyarli yo‘q.

“Ular (migrantlar – tahr) ko‘p ko‘cha supurish, qora va kam haq to‘lanadigan uy-joy davlat byudjet muassasalari darajasida qolishgan. Lekin u yerda ham, menimcha, biz ilgari siljiydigan zaxira bor”, - dedi Sobyanin RIA Novostiga bergan intervyusida.
Avvalroq Sergey Sobyanin Moskvada renovasiya dasturi bo‘yicha qurilishlarda migrantlar soni kam bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, u Moskva qurilishlarida shahar davlat buyurtmasi doirasida migrantlar soni ikki baravar kamayganini bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!