Sobiq vise-prezident Mayk Pens AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

Sobiq vise-prezident Mayk Pens AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

AQShning sobiq vise-prezidenti Mayk Pens 2024 yil noyabrda prezidentlik saylovida qatnashmoqchi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar qildi.

Siyosatchi 6-7 iyun kunlari Vashingtonda ommaga o‘z saylov kampaniyasi haqida e’lon qilishini aytdi. Pens nomzodi Respublikachilar partiyasidan qo‘yiladi.

Avvalroq Britaniyaning «Sky News» nashri avvalgi Prezident Donald Tramp sobiq hamkorini bo‘lajak saylovdagi asosiy raqiblardan biri degandi.

Ijtimoiy so‘rov natijasiga ko‘ra, Pens respublikachi nomzodlar orasida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Mahalliy matbuot yozishicha, Mayk 2021 yil yanvar oyida Kapitoliyaga hujum uyushtirilgandan keyin sobiq rahbari bilan yo‘lini ayirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!