Sobiq restoran ishchisi restorandagi seyfdan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda

Sobiq restoran ishchisi restorandagi seyfdan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda

19-sentyabr kuni soat 23.30 dan 20-sentyabr kuni 09.00 gacha bo‘lgan vaqt ichida noma’lum shaxs shahardagi restoranlarning biriga kirib, kalit tanlash yo‘li bilan seyfni ochib, ichidan 20 yoshli Surayyo L.ga tegishli bo‘lgan 25 million so‘m va videokameraning xotira kartasini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida ushbu jinoyatga sodir etganlikda gumonlanuvchi sifatida restoranning sobiq ishchisi 29 yoshli Murodil I. va uning tanishi 29 yoshli Toxirjon X.lar aniqlandilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!