Sobiq ichki ishlar xodimi o‘qishga kiritish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi

Sobiq ichki ishlar xodimi o‘qishga kiritish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida muqaddam ichki ishlar idoralarida ishlagan shaxs jinoiy sherigi bilan kelishgan holda boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, 13 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sobiq ichki ishlar organi xodimi va uning sherigi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni IIV Akademiyasi qoshidagi serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, bu xizmati uchun undan 13 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlar talab qilingan 13 ming AQSh dollaridan 6 ming dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Hozirda mazkur ish yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!