“Siroya Jewellers” O‘zbekistonda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihaga sarmoya kiritadi

“Siroya Jewellers” O‘zbekistonda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihaga sarmoya kiritadi

O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Sarvar Hamidov Umum Hindiston qimmatbaho toshlar kengashi milliy va “Siroya Jewellers” kompaniyasi rahbari Rajesh Jayn bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari va 1950 yillar boshida Mumbayda tashkil etilgan “Siroya Jewellers” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Hindiston kompaniyasi mahsulotlarini O‘zbekistondagi chakana savdo do‘konlariga yetkazib berish va sotishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Rajesh Jayn O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihaga investisiyalar kiritish niyatini bildirdi.

Muloqot chog‘ida xalqaro va Hindiston tajribasi asosida zargarlik buyumlari dizayni yo‘nalishida kadrlar tayyorlash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganishni davom ettirish va soha salohiyatidan ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida to‘liq foydalanishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!