Sirdaryoda fuqarolar investisiya kiritib, 23 000 AQSh dollaridan ayrildi

Sirdaryoda fuqarolar investisiya kiritib, 23 000 AQSh dollaridan ayrildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.W.” MCHJ rahbari B.E. fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mablag‘larini go‘yoki investisiya ko‘rinishida o‘zining faoliyatiga jalb etib, fuqarolarga ushbu mablag‘lari evaziga har oy 10 foiz miqdorida ustama to‘lovlari to‘lab berishni va’da qilib, 4 nafar fuqaroning jami 23 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!