Sirdaryo viloyati logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Sirdaryo viloyati logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

2023 yil Sirdaryo viloyati tashkil topganiga 60 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi eng yaxshi logotip dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Logotipda Sirdaryo viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati va taraqqiyot yo‘li o‘z ifodasini topishi lozim.

Ijodiy ishlar tanlov hay’ati tomonidan 15 avgustdan 21 oktyabrgacha qabul qilinadi va g‘oliblar 8 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi 25 millon so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 10 ta eng yaxshi ijodiy ish qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!