Sirdaryo va Namanganning ayrim hududlari Toshkent viloyatiga o‘tkazilishi mumkin

Sirdaryo va Namanganning ayrim hududlari Toshkent viloyatiga o‘tkazilishi mumkin

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi viloyat hududi chegarasi o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilingan.

Qaror loyihasida viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:

  • Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston Boyovut tumanlari va Shirin shahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
  • Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod shahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi; (o‘rtadagi farq 36,8 ga);
  • Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
  • Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi. (o‘rtadagi farq 12,5 ga).

Avvalroq Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar sonini ma’lum qilgandi. Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta MFY Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Ular:

Yuqori Chirchiq tumanidan

  • to‘liq — 20 ta;
  • qisman — 11 ta;

O‘rta Chirchiq tumanidan

  • to‘liq — 3 ta;
  • qisman — 3 ta.

Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy ob’ektlar soni jami 19 723 tani tashkil etmoqda. Shundan:

  • turar joylar — 18 773 ta;
  • noturar joylar — 891 ta;
  • ko‘p qavatli uylar — 52 ta.

Tumanlar kesimida mazkur ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Yuqori Chirchiq tumanidan jami 16 556 ta ob’ekt:

  • turar joylar —15 688 ta;
  • noturar joylar — 831 ta;
  • ko‘p qavatli uylar — 30 ta.

O‘rta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta ob’ekt:

  • turar joylar — 3 085 ta;
  • noturar joylar — 60 ta;
  • ko‘p qavatli uylar — 22 ta.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!