Sirdaryo tumanida fuqaroning 1 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Sirdaryo tumanida fuqaroning 1 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.Z. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.X.ning yuk tashuvchi avtotransport vositalarini qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga kirishi va harakatlanishi uchun qalbaki ruxsatnoma tayyorlab berib, evaziga 1 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida Z.Z. tomonidan 1 200 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!