Sirdaryo hokimi mudhish fojia tufayli oila a’zolaridan ayrilgan 18 yoshli qizni otaliqqa oldi

Sirdaryo hokimi mudhish fojia tufayli oila a’zolaridan ayrilgan 18 yoshli qizni otaliqqa oldi

Xabaringiz bor bugun Sirdaryoning Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi «Ko‘rkam diyor» mahallasi «Robot» ko‘chasida joylashgan uyda yong‘in sodir bo‘lib, oilaning 6 nafar a’zosi tiriklayin yonib, halok bo‘lgan.

Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng viloyat hokimi G‘.Mirzayev hodisa joyiga bordi va marhumlarning dafn marosimida ishtirok etib, ularning yaqinlariga chuqar hamdarlik izhor etdi.

Hokim yonib ketgan uyni tezda ta’mirlab, oilaning tirik qolgan 18 yoshli qizi Oltiboyeva O‘g‘iloyga topshirishini ma’lum qildi va uni otaliqqa oldi. Shuningdek, hokim yig‘ilganlarga isitish hamda gaz moslamalridan to‘g‘ri foydalanshni, aks holda bunday holat yana takrorlanishi mumkinligini aytdi.

Shu bilan birga ma’rakalarni tashkil etish maqsadida 30 mln. so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!