Si Szinpin: "Tayvan masalasi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi qizil chiziqdir"

Si Szinpin: "Tayvan masalasi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi qizil chiziqdir"

Tayvan masalasi Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlardagi qizil chiziqdir. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.

"Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar "Tayvan mustaqilligi"ni qo‘llab-quvvatlamasligini va Tayvandan Xitoy bilan raqobatda ustunlikka erishish yoki uni ushlab turish vositasi sifatida foydalanish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidladi. Xitoy Amerika tomoni ushbu kafolatlarga muvofiq harakat qiladi, deb umid qilmoqda", - dedi Si Szinpin Global Times bilan suhbatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!