Shveysariya Senati qurollarni Ukrainaga reeksport qilishga ruxsat berdi

Shveysariya Senati qurollarni Ukrainaga reeksport qilishga ruxsat berdi

Shveysariya Senati (Kantonlar kengashi) qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi, unga ko‘ra, Shveysariya qurollarini harbiy mojarolarda ishtirok etayotgan mamlakatlarga reeksport qilish mamlakatning betarafligi konsepsiyasiga zid emas va unga ma’lum shartlar asosida ruxsat berilishi kerak. Bu haqda 7 iyun, chorshanba kuni chop etilgan Senat saytidagi press-relizda ma’lum qilindi.

Tegishli qaror uchun 22 senator yoqlab, 17 nafar senator qarshi ovoz berdi, yana to‘rt nafari betaraf qoldi.

Hozirda Shveysariya qurollarini sotib olgan barcha davlatlar ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz ularni eksport qilmaslik majburiyatini imzolaydi. Kantonlar kengashi "Shveysariya qadriyatlariga xayrixoh bo‘lgan" import qiluvchi mamlakatlarga Shveysariya roziligisiz besh yildan keyin qurollarni qayta sotishga ruxsat berilishi mumkin degan qarorga keldi. Shuningdek, qurollarni harbiy mojarolarda ishtirok etayotgan mamlakatlarga qayta sotish mumkin, ammo bunda ular o‘zini himoya qilayotgan bo‘lishi shart.

Endilikda tuzatish parlamentning ikkinchi palatasi – Shveysariya Milliy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. 2 iyun kuni u buni rad etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!