Shvesiyadagi hayvonot bog‘ida yo‘lbars va sherlarda koronavirus aniqlandi

Shvesiyadagi hayvonot bog‘ida yo‘lbars va sherlarda koronavirus aniqlandi

Shvesiya g‘arbidagi Boros hayvonot bog‘idagi bir yo‘lbars va bir nechta sherlarning koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi.

"SVT" telekanali xabariga ko‘ra, ushbu mamlakatda hayvonlarning koronavirus yuqtirishi bilan bog‘liq birinchi holat hisoblanadi.

Koronavirus aniqlangan yo‘lbarsning ahvoli tezda yomonlashgan va shu bois uni evtanizasiya qilingan. Qolganlarida yengil alomatlar mavjud. Zararlangan hayvonlar saqlanayotgan qafaslar izolyasiya qilingan.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, hayvonlar hayvonot bog‘i xodimlaridan virusni yuqtirgan. Negaki, xodimlarning ko‘pchiligida infeksiya alomatlari kuzatilgan, ulardan uch nafarida kasallik allaqachon tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!