Shvesiya Ukrainaga yangi yordam paketini, jumladan Archer gaubisalarini e’lon qildi

Shvesiya Ukrainaga yangi yordam paketini, jumladan Archer gaubisalarini e’lon qildi

Shvesiya bosh vaziri Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi, unga boshqa narsalar qatori zirhli piyodalar mashinalari, shuningdek, Kiyev bir necha oydan beri so‘rab kelayotgan ilg‘or mobil artilleriya tizimlari kiradi.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Ulf Kristersson o‘z hukumati uch qismdan iborat harbiy yordam paketi to‘g‘risida qaror qabul qilganini, jumladan, «Archer» artilleriya tizimlarini Kiyevga o‘tkazish haqidagi birinchi qarorni ta’kidladi.

Shvesiya bosh vaziri o‘rinbosari Ebba Bush o‘z navbatida Ukrainaga ellikka yaqin BMP-90 topshirilishini aytdi. Qancha artilleriya tizimi o‘tkazilishini hukumat aytmadi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Shvesiya 48 ta Archer tizimi (« Archer») bilan qurollangan. Bu Bofors BAE tomonidan ishlab chiqarilgan o‘ziyurar gaubisalar. Ukraina uzoq vaqtdan beri Rossiya agressiyasini qaytarish uchun ushbu tizimlarga qiziqish bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!