Shvesiya bosh vaziri "Qur’on" kitobi yoqilgani uchun musulmonlarga hamdardlik bildirdi

Shvesiya bosh vaziri "Qur’on" kitobi yoqilgani uchun musulmonlarga hamdardlik bildirdi

Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida "Qur’on" yoqib yuborilgani musulmonlarga nisbatan hurmatsizlikdir. Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson tvitterda shunday izoh qoldirdi.

Uning ta’kidlashicha, so‘z erkinligi demokratiyaning asosiy tarkibiy qismidir, lekin qonunga zid bo‘lmagan narsa har doim ham o‘rinli emas.

«Ko‘plab muqaddas kitoblarni yoqish chuqur hurmatsizlikdir. Stokgolmda sodir bo‘lgan voqeadan xafa bo‘lgan barcha musulmonlarga hamdardligimni bildirmoqchiman», — deb yozadi Kristersson.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!