Sho‘rchi tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Sho‘rchi tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 4 may kuni soat 09:42da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Ozod” MFYda joylashgan “Ozod tex oil” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:36da to‘liq bartaraf etilgan. 
  
Oqibatda 25 m.kub dizel yoqilg‘i saqlash rezervuari ichidagi taxminan 2 m.kub dizel yoqilg‘isi va rezervuar yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 2 ta 10 m.kub va 1 ta  5 m.kub yoqilg‘i saqlash rezervuarlari yong‘indan saqlanib qolingan. 
  
Yong‘in sababi shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan. 

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro kuyish tan jaroxatini olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!