Shtorm ogohlantirish! Surxondaryo viloyati aholisi diqqatiga
21 yanvardan 22 yanvarga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyati janubida kuchli sovuq g‘arbiy shamollar esishi kutilmoqda. Shamolning maksimal tezligi kuchayganda soniyasiga 20-24 metrni tashkil etishi mumkin.
Ehtimollik: 90-95 %.
Oldinroq, O‘zgidromet 22 yanvar kuni Surxondaryoning ayrim hududlarida shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha esishi to‘g‘risida ogohlantirgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)