Shri-Lankada koronavirusdan vafot etganlarni yoqish bekor qilindi

Shri-Lankada koronavirusdan vafot etganlarni yoqish bekor qilindi

Shri-Lanka hukumati COVID-19 kasalligi sababidan vafot etgan odamlarning jasadlarini ko‘mishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu mamlakatda koronavirus qurbonlarini ko‘mish taqiqlanib, ular yoqib yuborilayotgani uchun aholining musulmon qatlami bir necha oydan beri jiddiy norozilik bildirayotgandi.

O‘tgan yilning mart oyida Shri-Lanka hukumati COVID-19 dan vafot etganlar yoqib yuborilishi borasida qaror chiqarib, ularni ko‘mishni taqiqladi. Hukumat bunga o‘lgan odamlarning jasadidan yerdagi suvga virus o‘tishi va kasallik shu orqali tarqalishini sabab qilib ko‘rsatgan.

Ammo mamlakatda yashovchi musulmonlar mazkur qarorga qarshi chiqdilar. Ular hukumatning ushbu qarori hech qanday ilmiy asosga ega emasligini va jasadlarni ko‘mish islom diniga zid ekanini aytib, ushbu taqiqni bekor qilishni talab qilishdi.

Fevral oyining oxirida Shri-Lanka parlamentidagi musulmonlar mamlakatga tashrif buyurgan Pokiston Bosh vaziri Imron Xondan ushbu masalani mamlakat rahbariyati bilan ko‘rib chiqishni so‘rashdi. Jasadlarni ko‘mishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilinganidan so‘ng Xon Shri-Lanka rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

«Men Shri-Lanka hukumatining COVID-19 dan vafot etganlarni ko‘mish imkoniyatini beradigan rasmiy xabarnomasini mamnuniyat bilan qabul qilaman», deb yozdi Xon o‘zining Tvitterida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!