Shomurodovda variantlar bisyor. Eldorning tanlovi qanday bo‘ladi?

A A A
Shomurodovda variantlar bisyor. Eldorning tanlovi qanday bo‘ladi?

2017 yilning yozini eslaysizmi? Eldor Shomurodov rostovliklar bilan shartnoma imzolagandi. Bir necha yildan so‘ng futbolchi "Roma"da paydo bo‘lishi hech kimning hayoliga kelmagandi.

"Rostov"da Karpin va murabbiylar shtabida futbolchi o‘zini to‘liq namoyon qila oldi va 2019 yilga kelib RPLning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi. Yevropa klublari skautlari "sariq-ko‘klar" va O‘zbekiston milliy terma jamoasining yorqin futbolchisiga e’tibor qaratishdi. 2020 yilda "Rostov" Shomurodovni Italiyaning "Jenoa" klubiga 7,5 million yevroga sotib yuborgandi.

Birinchi oylar Eldor uchun haqiqiy sinov edi. Hujumchi gol ura olmadi, jarohati sabab bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Shomurodovni hamma ham tanqid qildi:

“Futbolchi maydonda foyda keltira olmaydi. Har bir o‘yinda uchta teginish, maksimal. Genuya klubi xatoga yo‘l qo‘ydi va "Rostov" bu transferdan katta foyda ko‘rdi", - deb yozadi Italiya OAV.

A Seriyada debyutidan ikki oy o‘tgach, Eldor birinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Yana bir necha oy o‘tdi va Eldor Italiya futboliga moslashdi. Shomurodov oddiy o‘zbek futbolchisidan "Jenoa"ning umidiga aylandi.

Barcha OAV hujumchining texnikasi, nafis o‘yin uslubi, to‘p nazorati va, albatta, gollariga qoyil qoldi. Ular unchalik ko‘p bo‘lmasada, ularning barchasi muhim edi. 2020/2021 yilgi mavsumda Eldor 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi. Italiyaliklar hayrat bilan birga, keyingi mavsumda ham hujumchidan ko‘proq gol urishga umid qilishdi.

SHOMURODOVNING ITALIYADAGI ERTAGI

2021 yilning yozi haqiqatan ham Shomurodov uchun ajoyib bo‘ldi. Bu hazil emas - Joze Mourinyoning o‘zi "Roma"ga Shomurodovni sotib olish shartini qo‘ydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mourinyo Eldorni anchadan beri kuzatib yurgan. 2019 yildayoq portugaliyalik murabbiy futbolchini Osiyo Kubogida payqab qolgandi. Mourinyo yosh va iqtidorli futbolchini jamoasida ko‘rishni istadi. 2021 yilda portugaliyalikga hujumchi kerak edi. Uning tanlovi "Jenoa"ning eng yaxshi hujumchisi edi.

Shomurodov bir qarashda "Roma"ning uslubiga juda mos tushadi. Uning pressingda ishlashi murabbiyni ham, butun A Seriyani ham hayratda qoldirishdan to‘xtamadi. Axir, Eldor Genuyadagi gollarning aksariyatini aynan raqiblariga bo‘lgan bosimi evaziga urgandi.

Joze Mourinyo hujumchilar bilan qanday ishlashni biladi. U ularga zarba berish uchun pozisiyalarni tanlashni, to‘g‘ri harakat qilishni, o‘z vaqtida tezlik olishini, o‘ylashni va yaratishni o‘rgatadi. Mehnatkash Eldor avvaliga bu vazifalarni qoyillatdi va tezda "Speshl"ning sevimlisiga aylandi.

Keyinchalik Eldorning ruxiyatini tanqid qilgan Joze forvardga ishonchi so‘ndi. Bahorda esa Eldor ham zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotgani uchun o‘zgarishlarga tayyorlanayotganiga shama qildi.

Mavsum oralig‘ida Mourinyo Shomurodovdan qutulish uchun fursat qidirayotgani haqida gaplar tinmadi. Murabbiy Paulo Dibalani jamoaga chaqirdi. Umuman olganda, "Roma" yozda yangi kelganlar bilan yaxshi o‘ynadi. Eldor esa zaxira o‘rindiqlarining doimiy a’zosi bo‘lib qoldi. Bu mavsumda u A Seriyada bor-yo‘g‘i 115 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Yozda "Roma" futbolchi uchun variantlar qidirayotgan edi. Biz "Bolonya" yoki "Torino"ning ijara takliflari haqida yozdik. Ammo transfer amalga oshmadi. Dekabr oyidan boshlab hujumchiga "Sampdoriya", "Fiorentina", "Torino", "Kremoneze", "Udineze" klublari qiziqish bildirishdi. "Roma" esa Eldorga 10 million yevro narx belgiladi.

Eldor Shomurodovda qanaqa variantlar bor?

ITALIYa

Bir qarashda Shomurodovning, masalan, "Torino" yoki "Kremoneze"ga o‘tishi uning orqaga tashlagan qadami bo‘lib ko‘rinadi. Ammo vaziyatga real ko‘z bilan qaraganda bu odatiy xol 27 yoshli forvard kuchli jamoada doimiy zahirada qoladigan futbolchi. Yevropada bu ko‘rinishdagi har qanday iqtidor o‘ziga yangi jamoa izlaydi va kuchsizroq jamoa tarkibiga borib qo‘shilishdan qo‘rqmaydi.

Kuzda Shomurodov Valeriy Karpindan nima qilish kerakligi haqida maslahat so‘radi. Negaki, aynan Karpin Rostovda futbolchini kashf qilib, Genuyaga yuborgan.

"Shomurodovning qaysi klubga o‘tishi muhim emas. Uning yoshida siz doimo maydonga tushishingiz kerak. Bu professional futbolchining gullagan davri. Asosiysi, o‘yin amaliyoti. Bu men Eldorga bergan maslahatim”, — dedi Valeriy Karpin noyabr oyida Rossiya terma jamoasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng.

"Torino" hozircha Shomurodovga eng yaqqol da’vogar bo‘lib turibdi. Klub futbolchini ijaraga olishga tayyor. "Roma" majburiy sotib olish bandini talab qilmoqda, chunki Mourinyo jamoasida hujumchilar soni yetarli.

"Torino"ning Shomurodovga bir nechta plyus tomonlari bor. RPLning ikki sobiq futbolchisi Aleksey Miranchuk va Nikola Vlashich Turin klubida to‘p surmoqda. Ikkala futbolchi ham xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurich tizimiga juda mos tushadi. Yurich bu transfer bilan to‘g‘ri ish qilyapti, hujum chizig‘ida jamoada bir-birga yaqin trioni to‘playapti. O‘yinchilar bir xil tilda (rus tilida) gaplashishadi, shuning uchun maydondagi o‘yinchilarning o‘zaro bir-birini tushunishi yuqori bo‘ladi.

"Torino" va Yurichning uslubi ham Shomurodovga mos keladi. Jamoa A Seriyada qattiq pressingda o‘yin ko‘rsatmoqda. Hujumdagi bosim turinliklar jamoasi uchun juda muxim. Yurik klassik italyan futbolini nemis futboli bilan birlashtirdi. Ko‘pchilik Turinliklar himoyaviy futbolni afzal ko‘radi, deb hisoblaydi. Ammo bunday emas. "Torino" hujumkor harakatlar soni bo‘yicha A Seriyada ikkinchi o‘rinda. Menimcha, Shomurodov uchun "Torino" va Ivan Yurich o‘zini yana ko‘rsatishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytarishi uchun eng zo‘r variant.

Anchadan beri Shomurodovga "Fiorentina" ham qiziqish bildirmoqda. Dushan Vlahovich ketganidan keyin "binafsharanglilar" hujumlarni yakunlashda katta muammolarga duch kelishmoqda. Shomurodov to‘pni ushlay oladi, uni ushlab turadi, muvozanat va o‘yinni nazorat qila oladi. "Fiorentina"ga o‘z imkoniyatlarini golga aylantirish uchun aynan shu narsa etishmayapti.

Hujumchimizni Kremonda ham kutishmoqda. Qizig‘i, klub ham xuddi Eldor kabi qayta tiklanishga muhtoj. A Seriyada 20-o‘rin, yetti ochko, birorta ham liga o‘yinida g‘alaba qozonmadi, murabbiyni ishdan bo‘shatdi va zudlik bilan yangi mutaxassis David Ballardinini boshqaruvga olib keldi.

Bosh murabbiy, albatta, muxlislarni hech bo‘lmaganda natija bilan xursand qilishga, jamoani tubsizlikdan olib chiqishga shoshilmoqda. Shomurodov bu vaziyatda ham qutqaruvchi rolini o‘ynab "Kremoneze" B Ceriyaga tushib ketishining oldini olishi mumkin.

ISPANIYa

Eldor Shomurodov Ispaniyaga ham ko‘chib o‘tishi mumkin. Braziliyalik Ronaldoga tegishli "Valyadolid" klubi hujumchiga juda muhtoj. "Oq-binafsharanglilar" so‘nggi to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi va La Ligada 17-o‘ringa tushib ketishdi. Jamoa o‘yin ko‘rsatkichlari bo‘yicha mavsumdagi eng past natijalardan birini qayd etdi – 17 uchrashuvda atigi 13 ta gol. Segundaga qaytishni istamaydigan jamoaga darxol hujumchi kerak. Nega Shomurodov Ispaniyaga Ronaldoga tegishli jamoaga bormasligi kerak, shuningdek, ikki karra jahon chempioni va futbol yulduzi bilan tanishganini farzandlariga, nevaralariga aytish imkoniga ham ega bo‘ladi.

FRANSIYa

So‘nggi yangiliklarga qaraganda, hujumchi xizmatlariga Fransiyaning "Lill" klubi qiziqish bildirmoqda. Ehtimol, bu juda yaxshi klubdan tushayotgan taklifdir. Zero, bu mavsumda "Lill" unchalik yomon ko‘rinmayapti. Klub hozir Liga 1 turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Albatta, ular yevrokuboklar zonasiga kirishga intilishadi. Bosh murabbiy Xose Fontega nafaqat himoyada, balki hujum chizig‘ida ham kuchli futbolchilar yetishmayapti.

Yanvar oyidayoq "Lill" vinger Timoti Vea bilan xayrlashishi mumkin edi. Bu esa jamoani yanada kuchsizlantiradi. Bu esa Eldor uchun imkoniyat. To‘g‘ri, futbolchining yangi mamlakatga moslashishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Eldorning imkoniyatlari ko‘p. Asosiysi, to‘g‘ri tanlov qilish va o‘z o‘yini bilan muxlislarini xursand qilishi kerak.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.