Shomurodov uchun 10 million yevro taklif qilishmoqda

Shomurodov uchun 10 million yevro taklif qilishmoqda

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov jamoani tark etishi kutilmoqda.

"Torino" klubi o‘zbekistonlik futbolchining transferi borasida rimliklar bilan muzokaralarni boshladi. Shuningdek, Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, muzokaralarga "Bolonya" ham qo‘shilgan. Ushbu klub Shomurodov uchun 10 million yevro atrofida pul taklif qilishi aytilmoqda.

Ammo "Torino"ning maqsadi ham jiddiy. Turinliklar bosh murabbiyi va sport direktori Eldorni o‘z jamoalari safida ko‘rishni istashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!