Shols Ukraina va Moldovada korrupsiyani yo‘q qilish zarurligini eslatdi

Shols Ukraina va Moldovada korrupsiyani yo‘q qilish zarurligini eslatdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqiga kirishdan oldin Ukraina va Moldova korrupsiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini hurmat qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi kerakligini eslatdi.

“Bu o‘tgan yozda Moldova va Ukrainani nomzod davlatlarga aylantirganimizdan kuchli signal bo‘ldi. Har bir nomzod YEIga a’zo bo‘lish uchun zarur mezonlarga javob berishi kerak”, — dedi u Bild nashriga bergan intervyusida.

Shunday qilib, kansler Ukrainaning 2024 yil oxirigacha YEIga kirishi realmi, degan savolga javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!