Shimoliy Koreyada isitma bilan kasallanganlar soni kuniga 3 ming holatdan pastga tushdi

Shimoliy Koreyada isitma bilan kasallanganlar soni kuniga 3 ming holatdan pastga tushdi

Shimoliy Koreyada isitma bilan kasallanganlar soni kuniga 3000 tadan kamaygan, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning YONHAP axborot agentligi.

“24 soat ichida 2500 dan ortiq odamda isitma belgilari paydo bo‘ldi”, — deyiladi xabarda KXDR epidemiyalarning oldini olish bo‘yicha davlat favqulodda shtabi ma’lumotlariga tayanib.

Agentlikning ta’kidlashicha, "mamlakatda isitmaning kunlik darajasi 15-maydagi eng yuqori cho‘qqidan, kuniga 393 mingga yaqin holat aniqlangandan beri doimiy ravishda pasayib bormoqda".

Umuman olganda, xorijlik mutaxassislar koronavirus infeksiyasi deb atagan isitma epidemiyasi davrida Shimoliy Koreyada 4,75 milliondan ortiq kasallik holati qayd etilgan, 4,6 mingga yaqini davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!