Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Qirg‘izistonga keldi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Qirg‘izistonga keldi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (KKTC) Prezidenti Ersin Tatar rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi.

Ersin Tatar va hamrohligidagi delegasiyani Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroportida Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Ahmet Sodiq Dog‘an, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Bishkekdagi vakili Mehmet Davulju, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Jamoat ishlari va transport vaziri Erhan Arikli, Qirg‘iziston-Turk Manas universiteti (KTMU) rektori Alpaslan Jeylan, elchixona va KTMU xodimlari kutib oldi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rahbari ertaga Manas universitetida bo‘lib o‘tadigan “Qirg‘izistonda energiya sarmoyasi va hamkorlik konferensiyasi”da ishtirok etadi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidentiga universitetning faxriy doktori unvoni beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!