"SHHTga kirish uchun Turkiya NATOga a’zo bo‘lmasligi kerak"

"SHHTga kirish uchun Turkiya NATOga a’zo bo‘lmasligi kerak"

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo bo‘lish uchun Turkiya Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bo‘lmasligi kerak. Bu haqda Rossiya prezidentining SHHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Baxtiyor Hakimov ma’lum qildi.

“Bizda yangi a’zolarni qabul qilish to‘g‘risidagi nizom mavjud bo‘lib, unda bir qator mezonlar, shu jumladan... Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolariga dushmanlik yoki ularga qarshi qaratilgan faoliyat va bloklarda ishtirok etmaslik kerak”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Hakimovning tushuntirishicha, Turkiya “Rossiyani nafaqat dushman, balki birinchi raqamli dushman deb e’lon qilgan” NATO a’zosi.

Shuningdek, u Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Turkiyaning assosiasiyaga a’zo bo‘lish haqidagi arizasi kelishi bilanoq ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!