Shaxmat. O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Shaxmat. O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Ayni kunlarda Isroil davlatida shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi bugun yarim final bahsini o‘tkazdi. Yigitlarimizga guruh bosqichida yaxshi tanish bo‘lgan Hindiston raqiblik qildi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi partiya ancha murosasiz kechdi. Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarov durang o‘ynashgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov mag‘lubiyatga uchradi. Jahongir Vohidovning muhim g‘alabasi esa bizga ilk to‘qnashuvda durangni taqdim etdi — 2:2.

Ikkinchi to‘qnashuvda dastlab Shamsiddin Vohidovning partiyasi yakunlandi — mag‘lubiyat. Oradan ko‘p o‘tmasdan Sindarov va Yoqubboyev g‘alaba qozonishdi va jamoamizni oldinga olib chiqishdi. Bu paytda Jahongir Vohidov ham g‘alabaga yaqin turgandi. Ammo bu o‘yinda bizni durang ham qanoatlantirishini bilgan hamyurtimiz vaqtni cho‘zib o‘tirmasdan durangga o‘ynab qo‘ya qoldi. Ikkinchi partiyadagi hisob — 2,5:1,5.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finalda vakillarimizga Xitoy raqiblik qiladigan bo‘ldi. Chin yurti vakillari yarim finalda Ispaniya ustidan g‘alaba qozonishdi — 2:2 va 3:1.

Ikkinchi yarim finalda esa Xitoy va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahslashishadi. Final va 3-o‘rin uchun bahslar ertaga, 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Shaxmat. O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!