Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining 8-maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar

Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining 8-maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi;

XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi;

Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda;

Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda;

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish taklif etildi;

Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilishi kerak. O‘zaro savdo va investisiyalar hajmining o‘sishi bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Endi bu o‘sish nimaning hisobiga ta’minlanishini belgilab olish zarur;

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035 yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanishda yordam beradigan amaliy vositaga aylanishi kerak;

Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qilish endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratish lozim. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi qanday marraga intilish kerakligini yaxshi ifodalaydi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish uchun 2027 yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi;

Qo‘shma investisiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platforma yaratish muhimligi ta’kidlandi;

Mintaqa global savdoning quruqlikdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanishi mumkinligi qayd etildi;

Bunday muvofiqlashtiruv uchun Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning birinchi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi;

Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi;

O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik davridan Jamg‘arma ishini yanada samarali tashkil etish, yangi ekologik loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish uchun foydalanish niyatida;

Suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha Afg‘oniston bilan muloqotga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu muloqot doimiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi, mintaqadagi barcha mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishi shart;

O‘zbekistonning Muhim minerallar bo‘yicha mintaqaviy alyansni tashkil etish borasidagi tashabbusiga muvofiq ishlarni faollashtirish taklif qilindi. Markaziy Osiyoning muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish bu borada birinchi qadamlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi;

Mamlakatlarning imkoniyatlarini birlashtirish va Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni boshlash taklif qilindi;

Talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugungi kunda mutaxassislar tanqisligi sezilayotgan va yaqin yillarda talab o‘sib boradigan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatlarning prognoz ma’lumotlarini birlashtirish mumkin;

“So‘nggi yillarda biz ko‘p narsaga erishdik. Endi bu o‘zgarishlarni mustahkamlash va hamkorligimizni kelgusi o‘n yilliklar davomida barqaror qilish muhimdir. Formula oddiy: taraqqiyot va xavfsizlik yo‘lida birdamlik va ishonch”;

“Kelgusi avlodlarga qanday mintaqa qoldirishimiz uchun javobgarmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishi va odamlarga munosib yashash, mehnat qilish, o‘qish hamda farzandlarni voyaga yetkazish imkoniyatlarini berishi kerak”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”

Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи келганини маълум қилди

Nega aynan Erkinjon Turdimov? Bu qaror ortida qanday omillar turibdi?

Эркинжон Турдимовнинг бу лавозимга келиши тасодиф эмас — бу соҳадаги энг оғриқли нуқталарга берилган стратегик жавоб.

Germaniya Rossiya bilan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzishni taklif qildi

Бу ҳақда Саксония-Анҳальт федерал ери парламенти аъзоси, «Ижтимоий адолат иттифоқи ва оқилона иқтисодиёт» партияси вакили Клаудия Виттиг маълум қилди.

AQSh Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga qilingan zarbalar tufayli Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Financial Times нашри хабар бермоқда.

Shaxmat terma jamoasi a’zolari hibsga olindi

Бу ҳақда “Chessmaestro” нашри хабар бермоқда.

Sobiq Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi 200 million dollarni o‘zlashtirgan

Унинг уйидан тинтув вақтида 298 та олтин қуймаси топилган.

UzAutoMotorsʼni sotib olishga uchta davlatdan xaridor chiqdi

UzAuto халқаро очиқ савдо орқали хусусийлаштирилади.

O‘zbekistonda uch qizdan keyin oila to‘rt nafar o‘g‘il farzand kutayotgani ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистонда уч нафар қизи бор оилада яна тўрт нафар ўғил фарзанд дунёга келиши кутилмоқда. Оилада ўғил фарзанд кўришни орзу қилган ота-она учун бу кутилмаган янгилик бўлди.

Afrika davlatlari Ukrainadan Rossiyaga aldanib yollangan fuqarolarini harbiy asir emas, odam savdosi qurbonlari deb tan olishni so‘ramoqda

Кения ҳукумати Украинада асирликда сақланаётган ўз фуқароларини ватанга қайтариш бўйича музокаралар олиб бормоқда.

Dunyoda atigi uch kishi xorijga pasportsiz sayohat qilishi mumkin

Дунёдаги деярли барча саёҳатчилар бошқа давлатга қонуний равишда бориш учун амалдаги хорижга чиқиш паспортига эга бўлиши керак.

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.

Muhojirlar ketmoqda — Moskva esa qaytishga chaqirmoqda

Россия меҳнат муҳожирлари учун очиқ бўлиб қолмоқда, дея маълум қилди Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова.

Rossiyada bir hafta ichida kasallanganlar soni qariyb 1 millionga yetdi

COVID-19, грипп ва ОРВИ тўсатдан кенг тарқалмоқда.

10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ISHIDchi, «Choyxona» rahbari AQShga ekstradisiya qilindi

2016 йилда АҚШдан Туркияга кетиб, қайтиб келмаган Ансарий 10 йилдан кейин Грузияда қўлга тушди ва 23 сентябрда АҚШга экстрадиция қилинди.

Germaniyada robot 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etdi

Германиянинг Кёльн шаҳрида робот иштирокида содир бўлган жинсий тажовуз ҳолати юзасидан полиция тергов олиб бормоқда.

Ronalduning sevgilisi Messining oilasiga uchta so‘z bilan murojaat qildi

Португалиялик юлдуз Криштиану Роналдунинг севгилиси Жоржина Родригес Лионель Мессининг рафиқаси Антонелла Рокуццо ижтимоий тармоқларда эълон қилган постга муносабат билдирди.

Ronaldu «Neftchi»ga qarshi o‘yindagi g‘alabaga munosabat bildirdi

«Ан-Наср» ва Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ОФК Чемпионлар лигаси Ғарбий минтақаси 2-туридан ўрин олган «Нефтчи»га қарши учрашувдаги ғалабадан сўнг ўз саҳифасида пост қолдирди.

Rossiyada ishchi kuchi yetishmovchiligi sababli migrantlar uchun majburiy imtihonlar bekor qilinadi

Улар рус тили, Россия тарихи ва Россия қонунчилиги асослари бўйича билимларни текширишга қаратилган синовлардан озод этиладилар.

Trampning sobiq vakili Kiyevga Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni tavsiya qildi

АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили, шунингдек, Россия ва Украина ўртасидаги урушда ташаббус Москва томонига ўтаётгани ҳақидаги фикрга ҳам қўшилмади.

Ilon Mask yana trillioner maqomini yo‘qotdi

Унинг соф бойлиги 977,2 миллиард долларга тушди.

Gvatemalada 15 yoshli qiz o‘z dafn marosimi vaqtida tobutda hushiga keldi

Маҳаллий TV SAC телеканали хабар беришича, қиз онаси унинг кўзларини очиб, ҳаракатлана бошлаганини пайқамагунча, тахминан саккиз соат тобутда ётган.

Parijda Fransiyaning eng qadimgi bozorlaridan biri yong‘inda vayron bo‘ldi

Ёнғин тахминан 1 минг квадрат метр майдонни қамраб олган. Ҳодиса сабаби ҳозирча маълум эмас.

Fransiyada o‘quvchilar namoyishiga o‘qituvchilar ham qo‘shildi

Маҳаллий ОАВга кўра, тартибсизликлар фонида мамлакатдаги университетларнинг 90%и ёпилган ёки фаолияти чекланган.

Ilon Mask sun’iy intellekt qasos olishidan ogohlantirdi

Сунъий интеллектни "қийнаманг", кейин у қасос олиши мумкин - Илон Маск.

Chirchiqda 17 va 19 yoshli qizlar narkotik bilan qo‘lga tushdi

Тергов давомида улар яшаган хонадондан яна 2 кг 850 грамм мефедрон, 200 грамм альфа-PVP ва 200 грамм героин ҳам топилган.

2026 yil yakuni bo‘yicha neft narxlari 41% oshadi — XVJ

2026 йил охирига келиб Brent, Dubai Fateh ва WTI, каби нефтнинг энг машҳур навларнинг нархлари 1 баррель учун ўртача 95,74 долларга етади, дейилади Халқаро валюта жамғармаси хабарида.

Kiyev tungi hujum haqida razvedka ma’lumotlarini kech olgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг айтишича, 12 октябр куни Киевга Россия томонидан баллистик ракеталар билан ҳужум қилинганидан олдин халқаро ҳамкорлардан огоҳлантириш келмаган.

Denovda taniqli polvonni pichoqlagan shaxsga hukm o‘qildi

Суд эркакни қасддан одам ўлдириш жиноятида айбли деб топди. Унга 19 йил озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ramzan Qodirovga "Rossiyaning faxriy temir yo‘lchisi" unvoni topshirildi

Қайд этилишича, Қодиров Чеченистонда темир йўл транспортини ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун тақдирланган.

BMT: dunyoda 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlikda yashamoqda

Маълумотларга кўра, ҳозирда дунё аҳолисининг қарийб ҳар етти кишидан бири ўта қашшоқлик шароитида яшамоқда.

Jibuti qirg‘oqlari yaqinida muhojirlar qayig‘i ag‘darildi: 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi bedarak yo‘qolgan

Бу ҳақда «Рейтер» агентлиги БМТнинг Халқаро миграция ташкилоти маълумотларига таяниб хабар берди.

Yandeks ma’lumotlar markaziga zarba berganimizda, ijtimoiy tarmoqlarda nafrat va provokasiyalar kamaydi – Zelenskiy

Украина Президенти Владимир Зеленский Россиянинг Яндекс компанияси маълумотлар марказларига берилган зарбалар ижтимоий тармоқлардаги кайфиятга таъсири ҳақида фикр билдирган.

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketalar uchirdi

Бу ҳақда Жанубий Корея ҳарбий манбаларига таянган «Ёнхап» ахборот агентлиги хабар берди.

O‘zbekistonda XI Yevropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi

Мавсумнинг энг кутилган маданий тадбирларидан бири 23–25 октябрь кунлари Тошкентда ва 27 октябрда илк бор Урганчда ўтказилади.

EI Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini rekord darajada kengaytirdi

Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг 22-пакетини маъқуллади.

Bill Geyts 2027 yilda kiberhujumlar ko‘payishini bashorat qildi

Гейтснинг фикрича, ҳозирги асосий хавф сунъий интеллектнинг инсон назоратидан чиқиб кетишида эмас, балки ундан жиноий мақсадларда фойдаланилишидадир.

Britaniya amaldorlariga neyrotarmoqlarga «rahmat» aytish rasman taqiqlandi.

Маълум бўлишича, бундай хушмуомалалик ҳақиқий пул туради ва экологияга зарар етказади.

Ar-Riyod aeroportiga yana snaryad kelib tushdi

4-йўловчи терминалига снаряд келиб тушиши оқибатида ёнғин келиб чиққан.

Kalashnikov avtomati : qashshoqlik va urush voyaga yetmaganlarni frontga yetaklamoqda

Ямандаги қуролли можаро янада кескинлашар экан, вояга етмаганларнинг жангларда иштирок этиши муаммоси қайта кун тартибига чиқди.