Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyev hududlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi rejasi ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, davlat rahbari 10 may kuni davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus taqdimot bilan tanishadi. Shuningdek:

  • Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish jarayonlari hamda sohada davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti;
  • Hududlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor;
  • Yaponiya yetakchisi va mintaqa mamlakatlari rahbarlari bilan Prezidentning muloqoti rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan Hayit bayramini nishonlash bo‘yicha Prezidentga qaror loyihasi bo‘yicha axborot berilishi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!