Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani mamlakat Bosh vaziri etib saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani mamlakat Bosh vaziri etib saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!