Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 21 mart kuni Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod etdi.

– Bu yilgi Navro‘z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg‘un holda o‘tayotgani bayramga alohida ruh, o‘zgacha fayz va quvonch bag‘ishlamoqda. Qalblarimiz shodlikka to‘lgan shunday barokatli kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini Ramazoni sharif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini tilaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog‘inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham tabriklab, samimiy tilaklarini izhor etdi.

Navro‘z 3 ming yillik davlatchiligimiz tarixida o‘zining beqiyos ma’naviy ahamiyati bilan hamisha alohida e’tibor topgan buyuk bayram ekani ta’kidlandi. Bu ayyomning betakror go‘zalligi, insonparvarlik ruhi va teran falsafasi globallashuv davrida ham butun bashariyatni hayratga solayotgani uning azaliy mohiyati va hayotbaxsh kuchidan dalolat beradi.

Navro‘zda mujassam bo‘lgan bunyodkorlik ruhi Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va jadal o‘zgarishlarning asl mazmuni va ezgu g‘oyalariga hamohangdir. Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yilmoqda.

Yurtimizda ko‘plab zamonaviy sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, yangi imorat va uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygohlar, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda. Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz obod bo‘lib bormoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida diyorimizda yangi ekologik muhit yaratilmoqda. “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida bu jarayon yanada keng ko‘lam kasb etmoqda.

Prezidentimiz nutqida yoshlar siyosatiga ham to‘xtalib, ular Yangi O‘zbekistonning ilg‘or va qudratli kuchiga aylanib borayotganini ta’kidladi. Ulkan natijalarga erishib, yurtimiz rivoji va obro‘sini oshirayotgan aql-idrokli, bilim va malakali, serg‘ayrat va ishbilarmon o‘g‘il-qizlarni sharafladi.

– Aziz farzandlarim, sizlar Vatanimiz osmonida yorqin yulduzlar bo‘lib porlaydigan vaqt keldi. Yurtimizdagi beqiyos imkoniyatlarni amaliy natijalarga aylantirish uchun tinimsiz harakat qiling! Hech qachon unutmangki, ortingizda salkam 38 millionlik buyuk xalq, Prezident turibdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Navro‘zning gashti, jozibasi, ayniqsa, mahallalarda o‘tayotgan xalq sayillarida yaqqol seziladi. Milliy an’analarimiz o‘chog‘i bo‘lgan mahalla tizimining hayotimizdagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda. Yoshlar tarbiyasi, osoyishtalikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoya va xotin-qizlar faolligini kuchaytirish, ekologiya va obodlik kabi biri-biridan muhim vazifalar mahallaning o‘zida hal etilmoqda.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barcha mahalla faollarini samimiy tabrikladi.

Navro‘z bag‘rikenglik va ahillik ruhi bilan yurtimizdagi barcha millat va elat vakillari uchun sevimli, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylangan. Shu ma’noda, Prezidentimiz butun xalqimizga murojaat qildi:

– Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!

Umumbashariy mohiyati tufayli Navro‘z Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan. Bu qadriyat Sharqdagi ko‘plab elu elatlarni, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarini yanada jipslashtirmoqda. Shu oy oxirida qadimiy Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi o‘zaro ahillik yo‘lida yana bir amaliy qadam bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari bayramda ishtirok etayotgan elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillarini xalqaro Navro‘z kuni bilan qutlab, ularning xalqlariga do‘stlik salomini yo‘lladi.

Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi. Unda yurtimiz san’atkorlaridan tashqari Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qardosh o‘lkalarning taniqli xonandalari ham qatnashgani diqqatga sazavor bo‘ldi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i bayram shukuhiga burkangan. Maydonchalar alvon gullar va bayroqlar bilan bezatilgan. Milliy madaniyat markazlarining ko‘rgazmalarida yurtimizdagi totuvlik va boy madaniy xilma-xillik namoyon.

Davlatimiz rahbari ushbu ko‘rgazmalarni va folklor-etnografik jamoalarning kuy-qo‘shiqlarini tomosha qildi.

Navro‘z sayillari yurtimizning barcha go‘shalarida davom etmoqda. Dehqonlar xalqimizning rizq-ro‘zi umidida yerga baraka urug‘lari ekmoqda. Mahallalarda obodonchilik, mehr-muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ukraina bir zarba bilan Rossiyaning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Россия армиясига қаттиқ зарба – қўмондонлик йиғилиш вақтида йўқ қилиб юборилди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

Qon to‘kishdan zavqlanadigan shaxs yana vazir etib tayinlandi

Бен-Гвир январь ойида ўт очишни тўхтатиш келишувига норозилик билдирган ҳолда Исроил ҳукуматидан истеъфога чиқди ва Ғазо секторида жанглар қайта бошланганидагина Нетаняху коалициясига қайтишини кўриб чиқишини айтган эди.

Abduqodir Husanovning narxi rekord darajada ko‘tarildi

Жаҳонга машҳур Transfermarkt интернет-портали Англия Премьер-лигасида ҳаракат қилаётган футболчиларнинг трансфер нархларини янгилади.

Xonanda Feruza Karimova 40 mln so‘mdan ziyod jarima to‘laydigan bo‘ldi

Суд мажлиси давомида аниқланишича ижрочи Феруза Каримова “Дастингдан” номли қўшиғини ижро этишда ҳамда барчанинг эътиборига етказишда шоира М.Ахрарованинг “Дод дегим келяпти дастингдан” номли шеърига бўлган муаллифлик ҳуқуқларини бузган.

🔥 Kurskda Rossiyaga g‘alaba keltirgan "dron inqilobi" – yangi taktika qanday ish berdi?

Дронлар уруш қоидаларини ўзгартиряпти. Янги дрон тактикаси Россиянинг Курскдаги ғалабасини таъминлади.

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Украина қўшинлари Суджадан чекинди – бу нимани англатади?

Erda poylab yotgan Rossiyaning eng zo‘r hujumchi dronlari Ukraina konvoylarini yakson qildi

Россиянинг энг илғор — "Рубикон" дронлари Украина кучларини "пойлаб" яксон қилди!

"Halokat, dahshat, zulmat": ukrainalik jangchilar Sudjadagi so‘nggi kunlar haqida so‘zlab berdi

"Дронлар ов қилаётган эди", "Кундузи ҳаракатланиш имконсиз".

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-йил якунларига кўра, Россияда табиий йўқотиш – яъни вафот этганлар ва туғилганлар сони орасидаги фарқ 596,2 минг кишини ташкил этди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Ruslar Putinga qarshi chiqdi

"Россия Путинга қарши" юриши бошланди.

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.

Zelenskiy Bolgariyadagi eng katta qabriston direktori etib tayinlandi

"Украина ўлим пойтахтига, унинг президенти Зеленский эса энг катта қабристоннинг ижрочи директорига айлантирилди", деди Петков.

Ertaga, 23 mart kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Бу ҳақда Ўзгидромет маълумот берди.

Ruslar Oskol daryosini qanday kechib o‘tishga erishdi?

Россия қўшинлари Харков вилоятидаги Оскол дарёсини кечиб ўтишга уринишларини давом эттирди, аммо яқин вақтгача бу уринишлар натижа бермади.

Sobiq KGB xodimlari qanday bo‘ladi? Uitkoff Putin haqida ochiq gapirdi!

Уиткоффдан кутилмаган фикр. "Путинни тушунишни хоҳласангиз, КГБга назар ташланг!"

Ukraina uchun "kafolat rejasi" bilan tanishing

Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...

Sergey Beseda kim? Putin Tramp bilan muzokaralarga sharmanda bo‘lgan razvedkachi rahbarini tayinladi

Россия президенти Владимир Путин илгари Кремль эътиборидан қолган деб тахмин қилинган Сергей Беседани АҚШ билан музокараларда ёрдам беришга жалб этди.

Serbiya: "Rangli inqilob" amalga oshmaydi. Putinga tashakkur

Сербия ҳукумати Белграддаги "норозиликлар ортида турган" Ғарб махсус хизматларига "рангли инқилоб" ўтказишга йўл қўймайди.

Konor Makgregor qanday qilib Irlandiya prezidenti bo‘lishi mumkin?

Октагондан сиёсат майдонига. Макгрегор сиёсатга кирмоқда. Унинг имкониятлари қандай?

Eksklyuziv: Tesla investori Ilon Maskni bosh direktor lavozimidan chetlatishni talab qilmoqda

Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.

Bir kunda 5 milliard dollarlik 1000 ta "oltin viza" sotildi

1000 та "олтин виза" бир кунда сотилди! Трампнинг режаси иш бердими?

Toshkentda avtomobil yonib ketdi

Ҳолат 21 март куни кечки вақтда Мирзо Улуғбек туманида жойлашган Банк-молия академияси биноси олдида содир бўлган.

Norvegiyalik erkak OpenAI’ni sudga berdi

NOYB бундан олдин ҳам ChatGPT одамлар ҳақида нотўғри биографик маълумотларни тақдим этгани учун OpenAI устидан шикоят киритган.

Qozog‘istonda qimor o‘ynagan harbiylar armiyadan chetlatildi

7 нафар ҳарбий хизматчи қимор ўйинларида иштирок этгани учун Қуролли кучлар сафидан бўшатилган, деди Мудофаа вазири вакили Ертай Ералин

Tramp Kanadani AQSHGA qo‘shilishga chaqirdi

Бу ҳақда у Оқ уйда бўлиб ўтган матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Istanbulda o‘n minglab odamlar namoyishga chiqdi

Бу ҳақда Associated Press хабар берди .

Fransiya Makronni lavozimidan chetlatilishini talab qilmoqda

Бу ҳақда “Ўрнинг, Франция” партияси етакчиси Николя Дюпон-Аигнан Х ижтимоий тармоғида ёзди.

BMT tinchlikparvar kuchlari Ukrainani himoya qila olmaydi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Чехия президенти Петр Павел билан бўлиб ўтган матбуот анжуманида маълум қилди.

Novi Sad vokzalida chodirning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi

Бу ҳақда Сербия Ҳарбий тиббиёт академияси маълум қилди.

2024 yilda muhojirlar qurbonlari soni rekord darajaga yetdi

Бу ҳақда Халқаро миграция ташкилоти ҳисоботида айтилади.

Isroil G‘azo janubida HAMAS harbiy razvedka boshlig‘ini o‘ldirdi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати хабар бермоқда, деб ёзади “Репорт” .

Xitoyda harbiy muhandisga o‘lim jazosi

Хитой разведкаси 5-авлод J-35 FC-31 қирувчи самолёти ҳақида махфий маълумотлар тарқалиб кетганини тасдиқлади. Собиқ ҳарбий муҳандис Люнинг бу маълумотларни хорижий разведкага ошкор қилгани аниқланиб, у давлат сири фош этгани учун ўлим жазосига ҳукм қилинди.

Qonxo‘r Isroilning hujumi natijasida so‘nggi 72 soat ichida G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar soni 600 nafarga yaqinlashdi

Бу ҳақда Қатарнинг Al Jazeera телеканали Фаластин анклавидаги ОАВ бўлимига таяниб хабар берди.

Isroil Rafah shahri hududida quruqlikdagi operasiya boshlanganini e’lon qildi

ЦАҲАЛ шунингдек, Ғазо секторидаги ҲАМАС позицияларига авиазарба берганини тасдиқлаб, ўз мақсадини “террорчилар инфратузилмасини йўқ қилиш” деб атади.

Avstraliyada qushlar ommaviy ravishda zaharlanib, osmondan tushmoqda

Бу ҳақда АВС хабар бермоқда.

18 martdan beri G‘azoda halok bo‘lganlar soni 591 nafarga yetdi

Исроилнинг Ғазо секторида 18 март куни яна давом этган жанглари оқибатида ҳалок бўлганлар сони 591 кишига етди, 1042 киши жароҳат олди.

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Қўшма Штатлар Эрон билан боғлиқ 14 жисмоний ва юридик шахсга нисбатан санкцияларни кенгайтирди.