Shavkat Mirziyoyev xalqaro forumda muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro forumda muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Bugun Byurokratiyani bartaraf etishga bag‘ishlangan xalqaro forumda Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvini zamon talablariga mos ravishda yangilash, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari ekotizimini yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezident ta’kidlashicha:

– so‘nggi yillarda byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha 9 ta farmon va qaror qabul qilindi, Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal va «Raqamli hukumat» tizimlari joriy qilinishi natijasida davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshdi, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 55 milliondan oshdi;

– 90 dan ortiq proaktiv va kompozit xizmatlar joriy etildi, xususan, tug‘ilish bilan bog‘liq xizmatlarning yagona paketda taqdim etilishi har yili 1 million fuqaro uchun qulaylik yaratmoqda, ijtimoiy nafaqalar va pensiya tayinlash jarayoni avtomatlashtirildi;

– 30 turdagi xizmat real vaqtda taqdim etildi, joriy yilda 8 millionga yaqin xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatilmoqda, elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejalmoqda;

– biz­nes uchun sharoitlarni yengillashtirish maqsadida 160 dan ziyod lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 150 dan ortiq ruxsatnoma elektron shaklda berilmoqda, 140 turdagi hujjat va ma’lumot talab qilish bekor qilindi; «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili orqali tadbirkorlikni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Shavkat Mirziyoyev xalqaro forumda muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Ta’kidlanishicha, byurokratiyani qisqartirish sohasida quyidagilar rejalashtirilgan:

– 2030 yilga qadar davlat xizmatlari sonini 1,5 mingtaga yetkazish, elektron xizmatlar ulushini 95 foizgacha oshirish, kelgusi yilda qo‘shimcha 250 ta xizmatni raqamlashtirish, «Qog‘ozsiz hukumat» tizimiga to‘liq o‘tish va mavjud 40 million hujjatdan 25 milliontasini raqamlashtirish;

– proaktiv va kompozit xizmatlar sonini 400 taga yetkazish, kelgusi yilda 180 ta yangi xizmatni joriy etish; lisenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmatni soddalashtirish, 4 ta kommunal tarmoqqa yagona ariza orqali ulanish imkonini yaratish;

– 100 dan ortiq xizmatlar muddatlarini 50 foizgacha qisqartirish, 110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilishni to‘liq bekor qilish, Davlat xizmatlari portali, «Lisenziya» tizimi, «Yagona darcha» va koll-markazlarni sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkazish.

Forum doirasida Prezident byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha alohida Dastur tasdiqlanganini e’lon qildi. Dastur ijrosini muvofiqlashtirish uchun «Dastur ofisi» tashkil etiladi, barcha vazirlik va idoralarda uni amalga oshirish uchun mas’ul xodimlar tayinlanadi.

Aholi va biznes vakillari uchun dasturga taklif kiritish va idoralar faoliyatini baholash imkoniyati yaratiladi. Bu maqsadlar uchun 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi shakllantirilib, eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi.

Ushbu Dastur 2030 yilga qadar O‘zbekistonni ortiqcha byurokratiyadan xoli, inson manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy davlat boshqaruviga ega mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Eron endi avvalgidek emas — Isroil bosh vaziri

Биз Али Хоминаийни йўқ қилдик. Унинг ўғли Мужтабо Хоминаий эса қўғирчоқ.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Eron AQShning “Abraham Linkoln” aviatashuvchisini ishdan chiqardi

Бу ҳақда “Ҳатам ал-Анбиё” қўмондонлиги вакили Иброҳим Зулфағарий маълум қилди.

Eronga qarshi urushning Tramp yashirishga urinayotgan sababi o‘rtaga chiqdi

Америкаликларнинг салмоқли қисми президент Дональд Трампнинг Эронга қарши уруш бошлаши Жеффри Эпштейн иши билан боғлиқ деб ҳисоблайди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ҳодиса Бокуда жойлашган Bİ ES VİP эстетик клиникасида содир бўлган.

Erondagi maktabga berilgan zarba uchun AQSh mas’ul — The New York Times

Айтилишича, бу ҳужумга нишон координаталарининг эскиргани сабаб бўлган бўлиши мумкин.

Isroilda raketa zarbasidan halok bo‘lgan asli o‘zbekistonlik erkakning shaxsi ochiqlandi

Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: Bosh prokuratura bayonoti

Бекободда мактаб ўқувчиси пичоқланди ва вафот этди. Бош прокуратура ҳодиса бўйича баёнот берди.

CNN xabar berishicha, Rossiya Eronga Ukrainaga qarshi urushda takomillashtirilgan dron taktikasi bilan yordam bermoqda

Washington Post газетаси ҳам илгари Москва Эронга Яқин Шарқдаги Америка кучларига ҳужумлар учун разведка маълумотларини тақдим этаётгани ҳақида хабар берган эди.

Isroilda raketa hujumi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, 62 ёшли эркак 2017 йилда Ўзбекистон фуқаролигидан чиққан. У сўнгги 14 йил давомида Исроилда яшаб келган.

Turkiyada 46 yoshli samarqandlik ayol o‘ldirilgan. 4 kishi qo‘lga olingan

Жорий йилнинг 6 март куни Туркия ҳудудида ўлдирилган ва маълум вақт давомида қидирувда бўлган, асли самарқандлик 46 ёшли Дилафруз Чуллиеванинг жасади Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси ҳамда Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги кўмагида Ўзбекистонга қайтарилди.