Shavkat Mirziyoyev Vladimir Jonibekovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Jonibekovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Vladimir Jonibekov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

Kosmonavt 13 may kuni 80 yoshni qarshi oldi. Yubiley sana munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov kosmonavtning Moskva viloyatidagi xonadoniga tashrif buyurdi.

Elchi O‘zbekiston prezidentining tabrik maktubini o‘qib eshittirdi va Vladimir Jonibekovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Vladimir Jonibekov O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro anglashuv va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stligi va har tomonlama hamkorligini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari uchun taqdirlandi.

Jonibekov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1965 yilda Yeysk uchuvchilar oliy harbiy aviasiya maktabini (VVAUL) “uchuvchi-muhandis” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

U 1978 yili Oleg Makarov bilan birgalikda “Salyut-6” orbital stansiyasiga (OS) birinchi tashrif buyuruvchi ekspedisiya komandiri sifatida ilk kosmik parvozini amalga oshirgan.

Kosmonavt samoga 5 marta parvoz qilgan va u yerda umumiy hisobda 145 sutka 15 soat 58 daqiqa davomida tadqiqotlarni olib borgan.

Eng tajribali kosmonavt Vladimir Jonibekov aviasiya general-mayori, Sovet ittifoqining ikki karra qahramoni.

Samoda Jonibekov deb ataladigan 3170-sonli kichik sayyora bor. Toshkentda kosmonavtning bronzali byusti o‘rnatilgan.

Kosmonavt O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, AQSH, Mo‘g‘ulistonning faxriy fuqarosi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!