Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

9 sentyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi s’ezdida 2021 yilgi prezidentlik saylovlariga partiya siyosiy kengashi a’zosi, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida tasdiqlandi.

U 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1981 yili Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tugatgan.

U 1992 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996−2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001−2003 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. 2003-2016 yillarda bosh vazir sifatida faoliyat yuritdi.

Shavkat Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, olti nafar nabirasi bor. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva — mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!