Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi

Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar!

Muhtaram Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Qadrli vatandoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek g‘oyat sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan, harbiy qasamyodiga sodiq qolib, mamlakatimiz mustaqilligi va hududiy yaxlitligini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan ona yurt posbonlariga yana bir bor yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Ayni vaqtda Vatan oldidagi yigitlik burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan qahramon o‘g‘lonlarimizning xotirasiga chuqur hurmat bajo keltiramiz.

Bugungi kunda xalqimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritmoqda. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida amalga oshirilayotgan tom ma’nodagi tarixiy o‘zgarishlarda shavkatli Qurolli Kuchlarimizning, sizlarning ham munosib hissangiz bor, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Biz sizlarni buyuk ajdodlarimiz an’analarining shonli davomchilari deb bilamiz va sizlardek Vatanga fidoyi, dushmanga shafqatsiz, jangovar saflarda doimo hushyor va kurashga shay bo‘lgan azmu shijoat sohiblari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, el-yurtimizga shunday dovyurak, botir va bahodir farzandlarni tarbiyalab bergan ota-onalarga, harbiy xizmat davomida barcha quvonch va tashvishlarni ular bilan baham ko‘rib kelayotgan oila a’zolariga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

Qadrli do‘stlar!

Keyingi yillarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ortga qaytmas islohotlarimizning mustahkam kafolatlaridan biriga aylanib borayotgan Qurolli Kuchlarimizning harbiy qudratini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiryapmiz. Jumladan, boshqaruv va ta’minot tizimi takomillashtirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida modernizasiya qilinmoqda, qo‘shinlarimizning jangovar saflari yangicha ta’lim va tarbiya olgan malakali ofiser va serjantlar bilan to‘ldirilmoqda.

Shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasi, harbiy xizmatchilarning kasbiy, intellektual va ma’naviy salohiyati izchil yuksaltirib borilmoqda. Qurolli Kuchlarimiz zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.

Yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatga qiziqishni oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalq bilan armiya o‘rtasidagi mustahkam birlik va jipslikni yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali ishlarimiz qat’iy davom ettirilmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyoning siyosiy va harbiy xaritasida qanday shiddatli o‘zgarishlar yuz berayotganini barchamiz ko‘rib, anglab turibmiz.

Turli mintaqalarda geosiyosiy vaziyat tobora murakkablashib, ziddiyat va qonli to‘qnashuvlar kuchaymoqda. Zamonaviy texnologiyalar, yangi avlod qurol-yarog‘lari paydo bo‘lmoqda, jangovar harakatlar olib borishning strategiya va taktikasi yanada takomillashmoqda.

Mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, biz kelgusida jang va boshqaruv usullarini zamon talablari asosida yangilaymiz, yuqori malakali harbiy kadrlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratamiz.

Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi va jismoniy tayyorgarligini muntazam oshirib borish, ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Chunki har qanday kurashning taqdirini shaxsiy tarkibning bilim va malakasi, iroda va qat’iyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, mardona fazilatlari hal qiladi.

Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika, jumladan, sun’iy intellekt asosida robotlashtirilgan majmualar bilan ta’minlash, qo‘shinlarni boshqarish hamda qaror qabul qilish jarayonlariga ilg‘or axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga doir ishlarning samarasini oshirib, ularning turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni kuchaytiramiz. Bu borada davlat va fuqarolik institutlari hamda keng jamoatchilikning faol ishtirok etishiga alohida ahamiyat qaratamiz.

Har bir harbiy xizmatchi xalq bilan armiya – bir tanu bir jon ekanini, uning ortida 38 millionlik xalq tog‘dek tayanch bo‘lib turganini doimo his etishi, shundan cheksiz kuch, ruh va madad olishi kerak.

G‘ayrat-shijoatda tengsiz bo‘lgan harbiylarimiz yovlar oldida hech qachon bosh egmagan qo‘rqmas va o‘tyurak ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganib, ulardan ibrat va saboq olib, Vatan oldidagi muqaddas burchini bundan buyon ham sharaf bilan ado etadilar, deb ishonaman.

Aziz Vatan himoyachilari!

Mana shu hayajonli damlarda har biringizni bugungi bayram bilan yana bir bor chin dildan qutlab, sizlarga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Jonajon Vatanimiz himoyasi yo‘lida hech qachon tolmang, yutuq va zafar sizlarga doimo yor bo‘lsin!

Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Gvardiola Abduqodir Husanovga qoyil qoldi

"Манчестер Сити" бош мураббийи Пеп Гвардиола "Ливерпуль"га қарши ғалабали (2:1) ўйиндан сўнг Абдуқодир Ҳусанов ҳақида фикр билдирди.

Ronaldu qarorini birdan o‘zgartirdi

«Ан-Наср» ҳужумчиси Криштиану Роналду жамоа билан бирга Саудия Про-Лигасининг 22-турида «Ал-Фотиҳ»га қарши ўйин учун сафарга йўл олди.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Olim Yer aholisini «jahannam iqlimi»dan ogohlantirdi

Нашрда таъкидланишича, исиш «жаҳаннам иссиқхонаси» иқлимига олиб келиши мумкин.

Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevni nega ishdan olganini tushuntirdi

Авваламбор, мен бу қарорни давлатимиз манфаатларини кўзлаб қабул қилдим

«O‘zbekistonlik qotil». SofaScore Shomurodovni e’tirof etdi (foto)

Жаҳонга машҳур SofaScore портали ҳозирда "Башакшеҳир" сафида фаолиятини давом эттираётган ҳамюртимиз Элдор Шомуродовни эътироф этди.

Husayn Norchayev Italiyaga yo‘l oldi

Қаршининг "Насаф" клуби ҳужумчиси Ҳусайн Норчаев Италияга жўнаб кетди.

Muhammad Salohning oilasida judolik yuz berdi

Миср ОАВларининг хабар беришича, 9 февраль куни эрталаб «Ливерпуль» ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳнинг бобоси вафот этган.

«Man Siti» o‘zbek muxlislari borasida hayratlanarli ko‘rsatkichlarni e’lon qildi

"Манчестер Сити"нинг YouTube канали 2024/25 йилги мавсум давомида Ўзбекистондан 26 миллион марта кўрилди — бу барча мамлакатлар орасида тўртинчи энг юқори кўрсаткичдир.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Holand kutilmagan transfer qarorini qabul qildi

"Манчестер Сити" ҳужумчиси Эрлинг Холанд бош мураббий Пеп Гвардиолага, агар у клубни тарк этса, ўзи ҳам кетишга тайёрлигини маълум қилди.

Krishtianu Ronaldu boykotdan keyin jahon rekordini o‘rnatdi

"Ан-Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналду Саудия Арабистони чемпионатининг 22-туридан ўрин олган "Ал-Фатеҳ"га қарши ўйинда ҳисобни очди.

Vinisiusning so‘rayotgan juda katta maoshni to‘lay oladigan Yevropa klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчиси Винисиус Жуниор "Манчестер Сити"нинг трансфер мақсадлари қаторидан жой олди.

Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon ta’tilda: nimalar ma’lum?

Эмомали Раҳмоннинг президент веб-сайтида жойлаштирилган сўнгги фотосурати 2026 йил 28 январда чоп этилган

Jamoatchilik aniqlik kiritishni kutmoqda: Emomali Raxmon bilan bog‘liq vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Миллат етакчиси, Тожикистон Республикаси Президентининг соғлиғи ҳақида расмий маълумотларнинг йўқлиги шароитида, мамлакат ичида ва ташқарисида янгиликлар кун тартиби кескинлигича қолмоқда

AQSh Norvegiyada “Gavana sindromi” bilan bog‘liq qurilmani sinovdan o‘tkazgan

The Washington Post маълумотига кўра, АҚШ Марказий разведка бошқармаси (МРБ) ва Пентагон Норвегияда “Гавана синдроми” билан боғлиқ махфий қурилмани текширган.

Yoshlar Ekologiya qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

13 февраль куни Тошкент шаҳридаги 31-мактаб ва “Oxbridge” халқаро мактаби ўқувчилари, шунингдек, Фарғона вилояти ёш экологлар ҳаракати аъзолари, ёш эко-фаоллар Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитасига ташриф буюрди.

G‘azoga hujumlar paytida Isroil armiyasida o‘n minglab xorijliklar xizmat qilgan

Бу ҳақда Британиянинг Declassified UK нашри исроиллик ҳарбийларга таяниб хабар берди.

Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqmaydi — ekspert

АҚШ президенти Donald Trump Украинадаги можарони ҳал этиш бўйича музокаралардан воз кечмайди. Бу фикрни сиёсатшунос, Инновацион ривожланиш институти Геосиёсий тадқиқотлар маркази директори Дмитрий Родионов билдирди.

Pentagon Yaqin Sharqqa uchinchi aviatashuvchini yo‘naltirmoqda – bu yetarli bo‘ladimi?

The New York Times хабар беришига кўра, АҚШ Яқин Шарққа ўзининг энг кучли авиаташувчиси USS Gerald R. Fordни йўналтиришга қарор қилган.

NATO AQSh bayonotlaridan norozi — Germaniya TIV rahbari

Германия ташқи ишлар вазири Johann Wadephulнинг айтишича, Америка расмийларининг айрим баёнотлари NATO доирасида норозилик ва ғазаб уйғотмоқда.

Niderlandiyadan kelgan "shirinliklar" orasidan sintetik narkotik topildi

Жўнатмадаги конфетлар аслида оғу – 1 кг. 351 гр. “клефедрон” синтетик наркотик моддаси эканлиги аниқланди.

Toshkentda 3 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosi to‘xtatib qolindi

Туркия ва Ҳиндистон давлатларида ишлаб чиқарилган “Дюспаталин”, “Новомикс”, “Гальвус МЕТ” каби 87 турдаги дори воситалари ашёвий далил сифатида расмийлаштирилиб олинди

Turkiyada Namanganlik Sayyora Ergashaliyeva ham vahshiylarcha o‘ldirilganligi tasdiqlandi

Маълум қилинишича, С. Эргашалиева марҳума Д. Ҳакимованинг яқин дугонаси бўлган.

Bryusselda Yevrokomissiya ofislarida tintuv o‘tkazildi

Бу ҳаракатлар 2024 йилда кўчмас мулк объектларини Бельгия давлатига сотиш билан боғлиқ тергов доирасида амалга оширилган.

Andijonda dala hovli sotib olinib, narkolaboratoriyaga aylantirilganligi ma’lum bo‘ldi

Божхона қўмитасининг Тошкент ва Андижон вилоятлари божхона бошқармаларининг Контрабандага қарши курашиш бўлимлари, Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент ва Андижон вилоятлари бошқармалари ҳамда Ички ишлар идоралари вакилларидан иборат махсус тезкор гуруҳ синтетик гиёҳвандлик воситалари тайёрлаб келинган йирик нарколаборатория фаолиятини фош қилишди.

Toshkent aeroportida qiymati salkam 2,3 mlrd. so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Айни шу рейс билан юртимизга учиб келган яна бир фуқаро шимининг чўнтаги ва пайпоқларига қиймати 907 млн сўмлик 803 грамм заргарлик буюмларини яширганлиги аниқланди.

Kanadada maktabga hujum qilgan shaxs 18 yoshli transgender bo‘lib chiqdi

Руҳий саломатлигида муаммолар туфайли унинг уйига полиция бир неча бор чақирилган.

Tailanddagi maktabda qurollangan shaxs otishma uyushtirdi va 300 kishini garovga oldi

Гаровдагиларни озод этиш амалиёти давомида гумонланувчи отишма уюштирди ва бир неча киши жароҳатланди

Xorijlik fuqarolar O‘zbekistonda qurol ishlatdimi?

Маълум бўлишича, 20 январь куни фуқаро Я.Ю. ўзига тегишли, рухсатномаси мавжуд ов қуролини таниши Қ.Х.га қонунга хилоф равишда фойдаланиш учун берган.

Tehronda AQSh armiyasi qo‘mondonlari tasviri tushirilgan soxta tobutlar namoyish etildi

Эрон Ислом инқилобининг 47 йиллиги муносабати билан Теҳронда ўтказилган юриш чоғида АҚШ армияси қўмондонлари ва генераллари сурати туширилган сохта тобутлар намойиш этилди.

Netanyahu Oq uyda Eron raketalari masalasini ko‘tarmoqchi

Бу ҳақда бош вазир девони маълум қилди.

Fransiya Epshteyn hujjatlarida tilga olingan diplomat bo‘yicha tergov talab qildi

Франция ташқи ишлар вазири Жан-Ноэль Барро дипломат Фабрис Айданга нисбатан текширув ўтказишни талаб қилди.

Andijonda voyaga yetmagan qizga jinsiy aloqa taklif qilgan erkak qamaldi

Қиз эса унга рад жавобини бериб, эътироз билдиргани сабабли эркак уни сўкиб, ҳақорат қилган.

Toshkentda "kvartira"ni narkolaboratoriyaga aylantirgan talabalar qo‘lga olindi

Шундан сўнг, мутахассислар томонидан воқеа жойидан 1 кг мефедрон ва тегишли ускуналар ва асбоб-анжомлар аниқланган.