Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kunini qanday o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kunini qanday o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kunida ishda, kechki paytni oilasi davrasida kamtarona o‘tkazadi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

«Davlat rahbari tug‘ilgan kunida ishlamoqda, oqshomni esa oilasi davrasida kamtarona o‘tkazadi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan bir qator telefon muloqotlari ham rejalashtirilgan», — dedi matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident sovg‘alar qabul qilmaydi. An’anaga ko‘ra, shu kuni xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy hamda jamoat arboblaridan yozma tabriknomalar keladi.

Ma’lumot uchun, 24 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev 67 yoshga to‘ldi. U Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!