Shavkat Mirziyoyev: “Toshkent—Andijon” pullik avtomobil yo‘li quriladi "

Shavkat Mirziyoyev: “Toshkent—Andijon” pullik avtomobil yo‘li quriladi "

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Unda Davlatimiz rahbari ichki yo‘llar masalasiga alohida to‘xtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. 80 ming kilometr ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish, bu borada butun dunyoda qo‘llanib kelinayotgan “foydalanuvchi to‘laydi” tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini o‘z ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!