Shavkat Mirziyoyev shu haftada yana bir videoselektor o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev shu haftada yana bir videoselektor o‘tkazadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov boshlangan hafta rejasi bilan tanishtirdi.

⭕️ Bugun 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish, Toshkent shahrini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taqdimot bo‘lishi kutilmoqda.

⭕️ Ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish;

⭕️23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot;

⭕️ Tarmoq va hududlarda investisiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor;

⭕️ Shuningdek, shu haftada Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!