Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki prezidenti boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kando boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Suhbat avvalida OTB rahbari mamlakatimiz yetakchisini strategik sheriklikning 30 yilligi hamda 2025-2026 yillarda bankning Boshqaruvchilar kengashiga raislik O‘zbekistonga o‘tgani bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirish doirasida keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda – qo‘shma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oshdi. Shuningdek, “yashil” energetika, transport, raqamli transformasiya, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilmoqda. Suveren bo‘lmagan moliyalashtirish mexanizmlari faol joriy etilmoqda.

OTB Boshqaruvchilar kengashining 2026 yil may oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti bo‘lajak tadbir doirasida OTB bilan Kengaytirilgan strategik sheriklik dasturini imzolash, unda infratuzilmani rivojlantirish, texnik va muhandislik kadrlarini tayyorlash, xotin-qizlar va yoshlarni yangi kasblarga o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka bozori va xususiy sektorni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish tashabbusini ilgari surdi.

Bankning yirik milliy va mintaqaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida transport, energetika va savdo loyihalarini ilgari surishda faol ishtirok etishi muhim ekani ta’kidlandi.

OTB prezidenti Masato Kando mamlakatimizdagi keng ko‘lamli yangilanishlar natijalarini yuksak baholadi hamda Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.