Shavkat Mirziyoyev hokim va rahbarlarga 6 ta muhim topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev hokim va rahbarlarga 6 ta muhim topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev hokim va rahbarlarga 6 ta muhim topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Barcha iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

- yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollardan oshirib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish va kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish;

- joriy yilda inflyasiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik;

- joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10 trillion so‘m kreditlarni “mahallabay” kafolatli yetib borishini ta’minlash;

- byudjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik;

- dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga oshirib, agrar tarmoqda yillik o‘sishni kamida 5 foizga yetkazish.

- yaqin besh yilda iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investisiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!