Shavkat Mirziyoyev chet el safariga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev chet el safariga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 19 fevral kuni Anqaraga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi tadbirlarini o‘tkazadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikasiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Prezident Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, Turkiya prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!