Shavkat Mirziyoyev bugun Sergey Lavrovni qabul qildi

A A A
Shavkat Mirziyoyev bugun Sergey Lavrovni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

Mintaqadagi vaziyatning rivojiga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!