Shahrisabzda "Telegram" kanaliga pornografik videolar tashlagan o‘quvchilarga chora ko‘rildi

Shahrisabzda "Telegram" kanaliga pornografik videolar tashlagan o‘quvchilarga chora ko‘rildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida onlayn o‘quv jarayoni olib boriladigan Telegram guruhiga pornografik mazmundagi video va foto tashlagan o‘quvchilar aniqlandi, deya xabar bermoqda Postda.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumani Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli maktab o‘qituvchisi X.D. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat etdi. Unda qayd etilishicha, o‘qituvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon apparatidan o‘quvchilarini o‘qitish maqsadida Telegram messenjerida alohida guruh ochgan. Ushbu guruhda o‘quvchilarga kunlik dars vazifalarini berib, onlayn o‘quv jarayonini olib borgan.

Biroq 5 sentyabr kuni guruhga ulangan telefon raqamidan turli pornografik video va foto materiallar tashlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganida tumanning «Oqoltin» MFYda yashovchi fuqaro J.A. ushbu guruhda jiyani bir necha oy oldin uning qo‘l telefon apparatidan foydalanib o‘qiganligi, shundan so‘ng telefonida ushbu guruh saqlanib qolganligi va haqiqatdan ham pornografik mazmundagi videolavha hamda fotosuratlarni tashlaganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, onlayn tarzda o‘qib kelayotgan o‘quvchilar B.M., R.A. hamda F.J. ham guruhga turli xil pornografik video va fotomateriallar tashlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.A. hamda boshqalarga nisbatan to‘plangan hujjatlar ma’muriy ishlar bo‘yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilib, tegishli chora ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!