Seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi

Seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–713-son, 13.09.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Qonunga ko‘ra, seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’ektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:

➖ I toifa – xavflilik omili past bo‘lgan ob’ektlar;
➖ II toifa – xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan ob’ektlar;
➖ III toifa – xavflilik omili yuqori bo‘lgan ob’ektlar;
➖ IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan ob’ektlar.

🏢 O‘zbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

❕Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi ob’ektlar har 5 yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi.

🔎 Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi ob’ektlar har 10 yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

⚠️ Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi ob’ektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o‘tkaziladi.

👉 IV toifadagi ob’ektlarga taalluqli suv omborlari to‘g‘onlarida va gidroelektrostansiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.

👉 Suv omborlari to‘g‘onlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bo‘lgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda o‘tkaziladi.

➡️ Qonunga ko‘ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

▫️Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!