Sergelidagi postda to‘xtatilgan "Neksiya"dan sovuq qurollar topildi

Sergelidagi postda to‘xtatilgan "Neksiya"dan sovuq qurollar topildi

2020 yil Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida, 2-batalyon YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboyev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul-post xizmati 5-batalyoni safdori SH. Xoshimovlar xizmati paytida soat 21:30 atrofida shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – “Nexia” rusumli (davlat raqami 01 O 417 SA) avtomobil ularning e’tiborini tortdi.

Mashina to‘xtatilganda, haydovchining o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otdi. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab bo‘ldi. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va to‘pponchaning odatda "pugach" deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli Sayidmuxtor A.ga tegishli yedi.

Yuqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun Sayidmuhtor A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!